Journal: Zamonaviy ilm-fan va innovatsion tadqiqotlar Jurnali
Authors: Rohatxon Mo‘minova Bahromovna
Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududida yuzaga kelgan ekologik muammolar, xususan, tuproq degradatsiyasi, cho‘llanish va sho‘rlanish jarayonlarining oqibatlari tahlil qilingan. Orol dengizining qurishi natijasida mintaqada yuzaga kelgan ekologik tanglikning qishloq xo‘jaligi, biologik xilma-xillik va aholi salomatligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, tuproq degradatsiyasining oldini olish va hududning ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan innovatsion yechimlar, jumladan, “yashil belbog‘” barpo etish hamda gidrogel polimerlaridan foydalanishning afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari gidrogel texnologiyasining namlikni saqlash, o‘simliklarning unuvchanligini oshirish va tuproq unumdorligini tiklashdagi muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.
Keywords: Orolbo‘yi, Orol dengizi, tuproq degradatsiyasi, cho‘llanish, sho‘rlanish, ekologik muammo, yashil belbog‘, gidrogel, innovatsion texnologiyalar, tuproq unumdorligi, namlikni saqlash, o‘simlik qoplami, ekologik innovatsiyalar, barqaror rivojlanish.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.20844552