Journal: Zamonaviy ilm-fan va innovatsion tadqiqotlar Jurnali
Authors: Boyqobilov Soatmurod Shuxrat o‘g‘li, Ochilova Maftuna Saydullo qizi
Ushbu maqolada o‘pka embriogenezi, postnatal alveolizatsiya jarayoni hamda surfaktant tizimining nafas olish tizimi rivojlanishidagi biologik ahamiyati tahlil qilingan. O‘pkaning embrional rivojlanish bosqichlari, alveolalarning shakllanish mexanizmlari va surfaktantning tarkibi hamda funksional xususiyatlari yoritilgan. Surfaktant tizimining alveolalarda yuza tarangligini kamaytirish, gaz almashinuvini ta’minlash va mahalliy immun himoyani shakllantirishdagi roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda surfaktant yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan respirator distress sindromining patogenezi va zamonaviy surfaktant terapiyasining ahamiyati bayon etilgan. Tadqiqot natijalari surfaktant tizimi o‘pkaning normal rivojlanishi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning nafas faoliyatini ta’minlashda muhim biologik omil ekanligini ko‘rsatadi.
Keywords: Surfaktant, o‘pka embriogenezi, postnatal alveolizatsiya, II tip pnevmotsitlar, respirator distress sindrom, neonatal davr, alveolalar, surfaktant oqsillari, fosfatidilxolin, o‘pka rivojlanishi, gaz almashinuvi, pulmonologiya, neonatologiya, surfaktant terapiyasi.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.20843635