Journal: Zamonaviy Ilm-Fan va Innovatsion Tadqiqotlar Jurnali
Authors: Matkarimova Sadokat Maksudovna
Anushteginiy Xorazmshohlar davlati (1097–1231) nafaqat Xorazm, balki Dashti Qipchoqning janubi, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq davlatlarini birlashtirgan buyuk saltanat bo’lgan. Bu davlat ichki va tashqi siyosatida ayollar qay darajada o’rin egalaganligi masalasi, ayniqsa, mo’g’ul bosqini arafasida Xorazmshohlar davlati yuritgan siyosat va bu siyosatga ayollar ta’siri masalasi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Zero, mo’g’ullar bosqini arafasida Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon Xotunning siyosiy ta’siri, hukmdor o’g’linikidan yuqori bo’lsa yuqoriki, past bo’lmagan. Shu jihatdan ko’pgina manbalarda ham, tarixshunoslik tadqiqotlarida ham Turkon Xotun yuritgan siyosat natijasida davlat parchalanib, mo’g’ul bosqinchilari otlari tuyoqlari ostida toptalgan, Turkon Xotun bu fojianing bosh sababchilaridan biri qilib ko’rsatiladi. Mazkur maqolada mo’g’ul bosqini arafasida Xorazmshoh – Anushtaginiylar davlatida kechgan siyosiy jarayonlarning mazmun – mohiyati, unda ayollar o’rni masalasi, hozirgacha bu borada tarix fanida shakllangan qarashlar tahlil qilinib, mazkur muammo yuzasidan yangicha xulosalarga kelinganligi yoritib berilgan.
Keywords: Xorazmshoh-anushteginiylar, Muhammad xorazmshoh, Turkon xotun, Xon Sulton, Jaloliddin Manguberdi, Sulton Qutuz, qipchoq, qang’li, Nasaviy, Juvayniy, Maqriziy, Rashididdin, Ibn al-Asir, Juzjoniy, V.V. Bartold, P.Pelo, Z.Buniyodov, S.M.Axinjanov, D.M. Timoxin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.20205003