Journal: Zamonaviy Ilm-Fan va Innovatsion Tadqiqotlar Jurnali
Authors: Valixanov Ilyos Ilxamovich, Yovmutbayeva Maftuna
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik metodlar tahlil qilingan. Muallif tomonidan mantiqiy fikrlashning psixologik-pedagogik asoslari, uning shakllanish bosqichlari va zamonaviy ta’lim sharoitidagi o‘rni o‘rganildi. Maqolada aqliy hujum, keys-stadi, konseptxaritalash, “Olti fikrlash shlyapasi”, muammoli ta’lim hamda STEAM-yondashuv kabi innovatsion metodlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari taqdim etilgan. Eksperimental tadqiqot natijalari ko‘rsatdiki, kompleks innovatsion metodlardan foydalanish o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash darajasini o‘rtacha 31,3 foizga oshirish imkonini beradi.
Keywords: mantiqiy fikrlash, innovatsion metodlar, tanqidiy fikrlash, pedagogik texnologiyalar, kognitiv ko‘nikmalar, muammoli ta’lim, STEAM-yondashuv, kreativ tafakkur.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.20187534